20:19 / 13.03.2021
4855
Uzbekistan Airways  Urganch–Istanbul–Urganch yo‘nalishida yangi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘ymoqda

29 martdan boshlab Samarqand shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga muntazam reyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda yangi qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Xususan, 13 martdan boshlab Termiz shahriga amalga oshiriluvchi parvozlar soni ko‘paytirildi.

Mazkur yo‘nalishda reyslar haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

28 martdan e'tiboran Samarqand shahridan quyidagi yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshirilishi boshlanadi:

HY 049 Samarqand – Urganch 11:50/13:05

HY 050 Urganch – Samarqand 13:55/15:05

HY 087 Samarqand – Farg‘ona 15:55/16:55

HY 088 Farg‘ona – Samarqand 17:45/18:50

HY 047 Samarqand – Namangan 08:05/09:05

HY 048 Namangan – Samarqand 09:55/11:00          

Shuningdek, 28 martdan Urganch – Istanbul – Urganch yo‘nalishida yangi muntazam qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalishda parvoz haftaning yakshanba kunlari bajariladi.

HY 279 Urganch – Istanbul 09:30/11:50 

HY 280 Istanbul – Urganch 13:20/19:05

29 martdan boshlab esa Samarqand shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga muntazam reyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu yo‘nalishda haftasiga uch marotaba dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlar amalga oshiriladi:                                                                               

HY 275 Samarqand – Istanbul 20:05/23:05

HY 276 Istanbul – Samarqand 00:35/06:50                                

30 martdan esa Gruziya bilan muntazam reyslar qayta tiklanadi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi haftada ikki marotaba Toshkent – Tbilisi –Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi:

HY 745 Toshkent – Tbilisi 16:10/18:30 (seshanba kunlari)

HY 746 Tbilisi – Toshkent 19:30/23:30

HY 745 Toshkent – Tbilisi 20:40/23:00 (juma kunlari)

HY 746 Tbilisi – Toshkent 00:30/04:30

Eslatib o‘tilishicha, aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali chiptalarni onlayn tarzda sotib olgan yo‘lovchilarga barcha tariflar bo‘yicha 3 foizlik chegirma taqdim etiladi.

Ushbu chegirma aviakompaniyaning barcha yo‘nalishlaridagi reyslariga nisbatan tatbiq etiladi.

Top