12:55 / 16.03.2021
605
«500 millionlik sovrin qilib beraman». Namanganda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan mini futbol sovriniga hokim homiylik qilmoqchi
Foto: KUN.UZ

Bu haqida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Davlatobod tumani madaniyat saroyida Namangan shahrida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Muloqot davomida profilaktika inspektorlari ish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

— Viloyatimizda 2 mingga yaqin tarbiyaga muhtoj, jinoyatchilikka moyilligi bor bo‘lgan yoshlar mavjud, ular bilan manzilli ish tashkil etishimiz kerak. Men 500 mln mablag‘ ajratib beray, Namangan tajribasi sifatida tarbiyasi og‘ir yoshlar o‘rtasida mini futbol musobaqasini o‘tkazaylik. Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tadi, dunyoqarashi o‘zgaradi, jinoyatdan boshqa ish qilsa ham bo‘lar ekan degan tushuncha paydo bo‘ladi. Jamoasi viloyat miqyosida chempion bo‘lgan profilaktika inspektoriga esa 20 millionlik sovg‘a beraman, — dedi viloyat rahbari.

Top