Namangan şahrida 3 mart kuni soat 12:26 da Damas avtomaşinasi yonib ketdi. Bu haqda Namangan FVB axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, hodisa Namangan şahar Yangi Namangan tumani «Işonç» MFYda joylaşgan avtomobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasida sodir bölgan. Ustaxonaga ta’mirlaş uçun olib kelingan Damas’da yonğin sodir bölgaç, ustaxona işçilari va yon atrofdagi kişilar tomonidan öçirilgan. 

Sodir bölgan yonğin yuzasidan qutqaruvçilarga xabar öz vaqtida bormagan va voqeada tan jarohati olganlar yöq.

Hozirda yonğin yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.