Ğofur Orifjonoviç Jamolov Namangan viloyati hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda 18 dekabr kuni xalq deputatlari Namangan şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ma’lum qilindi. 
  
Ğofur Jamolov 1974 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. 1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2006 yilda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda Namangan şahar hokimligining «Iqtisodstat» boşqarmasi mutaxassisi vazifasidan boşlagan.

2008–2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik va obodonlaştiriş masalalari kotibiyati mudiri, 2009–2012 yillarda Iqtisodiyot vazirligi Demografiya va mehnat bozori bölimi boş mutaxassisi, 2012–2017 yillarda Iqtisodiyot vazirligining uy joy, kommunal xöjaligi bölimi boşliği, 2017-2020 yillarda Uy-joy, kommunal xizmat vazirining örinbosari, 2020–2021 yillarda esa Toşkent şahar hokimi örinbosari – uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasi boşliği vazifalarida faoliyat yuritgan. 

2021 yildan hozirgi vaqtgaça Namangan şahar hokimi vazifasida işlab kelayotgan edi.

Şuningdek, viloyat hokimi qarori bilan Jamşid Xatamov Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan.

Jamşid Xatamov

Jamşid Xatamov bungaça Farğona viloyati hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça örinbosari lavozimida işlayotgandi.

U endi 2019 yil mayidan buyon Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan Jamoliddin Karimoviç Aloydinov örnida iş boşladi.