Jurnalistik surishtiruv doirasida tashkilotga borgan Kun.uz muxbiri tahdidga uchradi
Rossiyaga ketish istagidagi o‘nlab mehnat migrantlariga aviachiptalar sezilarli darajada qimmat narxda sotilgan. Masalani o‘rganayotgan Kun.uz muxbiriga Samarqand shahrida tahdid qilindi.
Kun.uz sayti jurnalistlari fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganib, ularni jamoatchilik e'tiboriga havola qilib kelmoqda.
Ayni vaqtda Rossiyadagi «Pik Industriya», «Texnostroy» kabi qurilish tashkilotlari orqali Rossiyaga ishlashga borgan vatandoshlar duch kelgan muammolar tahririyat tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar chog‘ida, mehnat migrantlariga aviachiptalar 4,5 mln so‘mdan sotilgani, chiptalarni Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 47-uyda joylashgan, «Pik Industriya», «Texnostroy» kabi tashkilotlarning shartnoma asosida O‘zbekistondagi ishonchli vakili hisoblangan «Panorama bolalar uyi» MChJ sotgani haqida ma'lumotlar to‘plangan.
Shu bois, Kun.uz'ning ushbu shahardagi hududiy ofisi xodimi Anvar Mustafoqulov shu yil 19 mart kuni mavjud ma'lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ayrim savollar bilan firma idorasiga borgan.
Ammo, muxbir u yerda firmaning mas'ul xodimlari bo‘lishi mumkinligi ehtimol tutilayotgan shaxslarning tahdidiga uchragan.
Muxbirning aytishicha, dastlab, undan telefonni o‘chirib turishni, vaziyat bo‘yicha gaplashib olishlarini bildirishgan, so‘ngra turli haqoratli so‘zlar bilan haqoratlab, o‘ldirish bilan tahdid qilishgan va kuch ishlatishga urinishlar bo‘lgan. Vaziyat jiddiyligi oydinlashgach, muxbir u yerdan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Kun.uz tahririyati o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan jurnalistga tahdid qilib, uning faoliyat yuritishiga qarshilik qilinishi bilan kelishib bo‘linmasligini ta'kidlagan holda Samarqand viloyati IIBdan ushbu holatni o‘rganib, aybdor kimsalarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab qoladi.
Qo‘shimcha sifatida, «Panorama bolalar uyi» MChJ faoliyatiga oid tahririyatni qiziqtirayotgan savollarni keltirib o‘tamiz:
1. «Panorama bolalar uyi» MChJ qanday asosga ko‘ra Rossiya Federatsiyasidagi korxonalarning O‘zbekistondagi vakili hisoblanadi?
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Rossiyaga ishga yuborilgan mehnat migrantlariga aviachiptalar nima asosda aynan ushbu firma orqali sotilgan?
3. Aviachiptalar bozordagi narxi bir tomonga 2,5 mln so‘m bo‘lgani holda, mehnat migrantlariga har biri o‘rtacha 4,5 mln so‘mdan sotilishining sababi nimada?
4. Nima uchun migrantlarga elektron aviachiptalarning nusxasi va to‘lov kvitansiyalari berilmagan?
5. Aviachipta pullari MChJ hisob raqamiga kirim qilinganmi?
Tahririyat mazkur savollarga javob olishda mehnat migrantlarini Rossiyaga jo‘natishda uchinchi tomon sifatida ishtirok etgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan amaliy yordam so‘rab qoladi.
Surishtiruvlarimiz davom etadi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi
Jahon | 08:26
-
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi
Jahon | 07:53
-
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 07:35
Mavzuga oid

18:12 / 28.03.2025
Prezident Uzbekistan Airways’ga chiptalar narxi oshishi oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi

13:52 / 09.03.2025
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

16:25 / 26.02.2025
Samarqand viloyatida yana ikki tuman hokimlari o‘zgardi

18:59 / 13.02.2025