23:48 / 21.03.2021
4107
Jinoyatchilar Yevropa ittifoqi davlatlariga 14 milliard yevrolik mavjud bo‘lmagan vaksina taklif qilgan

Yevropa ittifoqi davlatlariga koronavirusga qarshi mavjud bo‘lmagan vaksinalar taklif qilingan. YeIda bunday takliflar qayerdan olinganini ayta olmasliklari, biroq ushbu firibgarlikka aloqadorlar uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘langani ma'lum qilingan.

Foto: Nathan Laine / AOP

Jinoyatchilar Finlyandiya va Yevropa ittifoqining boshqa davlatlariga 14 mlrd yevrolik mavjud bo‘lmagan vaksinalarni sotib olishni taklif qilishgan. Bu haqda Yevropaning tovlamachiliklarga qarshi kurashish byurosi (OLAF)  direktori Villi Ityalya ma'lum qildi.  

Byuro rahbari bunday takliflar qayerdan olinganiga izoh bera olmasligini aytgan, biroq firibgarliklarga aloqadorlar uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘langani va uchinchi davlatlardan harakat qilganini ma'lum qilgan.

OLAF bu tovlamachiliklar haqida YeIning bunday taklifni olgan bir nechta davlati Yevrokomissiya bilan bog‘langandan keyin xabar topgan.

“Biz takliflarni o‘rganib chiqib, ular ortida jinoyatchilar turganini aniqladik. Takliflar yaxshi tuzilgan va haqiqiydek ko‘ringan. Gap uyushgan jinoyatchilik haqida bormoqda. Ya'ni takliflar tushadi, biroq vaksinalar aslida yo‘q”, deb ma'lum qilgan Ityalya.

 

Top