Yevropa Ittifoqi migratsiya siyosati va boşqa taşqi siyosat muammolariga köproq mablağ ajratadi. Tegişli özgartirişlar 28 fevral kuni YeIga a’zo davlatlar vakillari tomonidan ma’qullangan, Yevropa ittifoqining uzoq muddatli budjetini qayta körib çiqiş doirasida közda tutilgan.
Yevropa ittifoqining 2021-2027 yillarga möljallangan köp yillik moliyaviy dasturiga özgartirişlar Yevropa Ittifoqi budjeti doirasida Ukraina jamğarmasini yaratişni va Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam paketini taqdim etişni nazarda tutadi (17 milliard grant va 33 milliard kredit şaklida). Şuningdek, Yevropa Ittifoqining migratsiya va mudofaa siyosati uçun qöşimça 11 milliard yevro ajratiladi.
Yevropa Ittifoqining inqirozlarga çidamliligini oşiriş uçun ajratilayotgan mablağlar miqdori ham ortib bormoqda. Hujjatda Ukrainaga yordamni hisobga olgan holda, jami 64,6 mlrd miqdorida avval nazarda tutilgan xarajatlar rejalaştirilgan.
Yevropa ittifoqi pullari nimaga sarflanadi?
Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli budjetiga özgartirişlar kiritiş doirasida Ukraina uçun 50 milliard yevro ajratiş töğrisidagi qaror Yevropa Ittifoqi yetakçilari tomonidan 1 fevral kuni Bryusselda bölib ötgan maxsus sammitda qabul qilindi. Ukraina jamğarmasining taşkil etilişi YeI tarixida pretsedent böldi, çunki birinçi marta taşkilot budjetidan uning tarkibiga kirmaydigan davlatga yordam beriş uçun bunday katta mablağ ajratilmoqda. Jamğarmaning maqsadi - Ukraina davlat institutlari va moliya tizimi barqarorligini qöllab-quvvatlaş. Kredit böyiça foiz stavkalari subsidiyalanadi.
Ukraina jamğarmasi uçta asosiy komponentdan iborat. Birinçisi, Ukrainaning moliyaviy barqarorligini qöllab-quvvatlaşni öz içiga oladi, ikkinçisi Ukrainani tiklaş va rekonstruksiya qiliş uçun davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilişga möljallangan, uçinçisi esa - texnik yordam uçun.
Yevropa Ittifoqining 2021-2027 yillarga möljallangan uzoq muddatli budjeti hozirgaça 1,1 trillion yevroni taşkil qilgan. Germaniya Yevropa Ittifoqining eng yirik donori bölib, barça mablağlar deyarli törtdan bir qismi uning hissasiga töğri keladi. Şu bilan birga, Berlin hukumati Germaniya Yevropa Ittifoqining yagona bozoridan boşqa Yevropa iqtisodiyotiga qaraganda köproq foyda körayotganini ta’kidlaydi.













