12:00 / 23.03.2021
10388
Reklama

Poytaxtning yangi tarixi – “Dinastiya” turar joy majmuasi

Oila davrasida nonushta. Esdalik uchun ota-ona bilan fotossesiya. Birgalikdagi sayohatlar. Tun ertagi. Bayramlarda to‘planib o‘tirish. Oilaviy an'analarni ehtiyotkorlik bilan saqlash va avloddan-avlodga o‘tkazib borish lozim. Nafaqat ota-ona urf-odatlariga rioya qilish, balki o‘zingizning ham an'analaringizni yaratishingiz, ularni keyingi avlodga qoldirishingiz va shu bilan butun bir saltanat yaratishingiz muhim.

Golden House kompaniyasi sizga yangi “Dinastiya” turar joy majmuasida barcha qarindoshlarni to‘plash kabi ajoyib oilaviy an'anaga ega bo‘lishni taklif qiladi. Biz yangi majmuada xonadonlar sotuvi boshlanganini e'lon qilamiz, u sizga zamonaviy shaharda mutlaqo yangi bosqichdagi qulaylik yaratadi.

Majmua yirik Mirzo Ulug‘bek va Parkent ko‘chalari kesishmasida barpo qilinmoqda. Hududda rivojlangan infratuzilma mavjud, ko‘plab ijtimoiy-madaniy va savdo nuqtalari piyoda yurish masofasida (5–10 daqiqa) joylashgan. “Dinastiya” loyihasida ichki infratuzilma obektlariga ham katta e'tibor qaratilgan. Avtomobil ixlosmandi bo‘ladimi, ko‘p oilali ota-ona bo‘ladimi, imkoniyati cheklangan yoki yoshi ulug‘ inson bo‘ladimi – bu yerda har qanday toifadagi insonlar uchun imkoniyatlar muhayyo qilingan.

Ichki hovli mashinalardan xoli, shu bois bu yer xavfsiz: bolalar bemalol o‘ynab yurishi, velosipedda sayr qilishi, vorkaut hududlarida sport bilan shug‘ullanishi mumkin. Bolalar aravachalari va velosipedlar uchun keng kirish qismlarida alohida maydonlar va qo‘yish joylari ajratilgan. Shu bois “bolalar transporti”ni uyingizga sudrab kirishga to‘g‘ri kelmaydi. Binolarning butun perimetri bo‘ylab hamda ko‘p qavatli turargohda avtomobillar uchun qo‘yish joylari ko‘zda tutilgan.

Loyiha Angliyaning Chapman Taylor hamda Urban PRO dizayn va me'morchilik studiyalari hamkorligi doirasida amalga oshirilgan. Unda poytaxtimizning seysmik faolligi, ob-havoning o‘ziga xosliklari inobatga olingan. Yangi majmua turli qavatga (7-12) ega Business va Premium toifasidagi binolarni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichdagi uylarda tijoriy maydonlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ayni damda turli tarhlardagi bir, ikki, uch va to‘rt xonali xonadonlar sotuvga qo‘yilgan. Ular turli maydon va kadastr rejasiga ega bo‘lsa-da, ularni puxta o‘ylangan tarh yechimlari birlashtirib turadi. Golden House kompaniyasi foydasiz kvadrat metrlari bo‘lmagan eng funksional xonadonlarni loyihalashtirgan. Xonadonga kiritilgan har bir mablag‘ oqilona ishlatilgan.

“Dinastiya” turar joy majmuasini xarid qilayotgan mijozlar uchun Golden House yoqimli sovg‘a tayyorlab qo‘ydi. Xonadonga qo‘shimcha ravishda White box pardoz ishlami taqdim etiladi, ya'ni deraza va eshiklar, kommunikatsiya tizimlari, santexnika uskunalari o‘rnatib beriladi, har bir xaridor xonadon hajmi va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda qulay va zamonaviy oshxona garnituriga ega bo‘ladi.

Ko‘chmas mulk bozorida Golden House taqdim etayotgani kabi sifatli takliflar har doim ham bo‘lavermaydi. Ushbu kompaniya yillar davomida mijozlarga qulay, mustahkam va zamonaviy uy-joy taklif qilib, aholi ishonchini qozona oldi. “Dinastiya” majmuasidan xonadon xarid qilib, siz o‘zingiz, farzand va nabiralaringiz uchun oilaviy an'analar poydevorini yarata olasiz.

Markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Geolokatsiya

Veb-sayt: dynasty-gh.uz

Call-markaz: +998-78-888-11-22

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top