Zamonaviy Toşkent tobora rivojlanib, yuksalib bormoqda. Yangi turar joy binolari, mavzelar, tumanlar bunyod etilmoqda. Tobora köproq oilalar öz yaşaş şaroitini yaxşilaşga muvaffaq bölmoqda.

Şu bilan birga, şahar aholisi va jamoatçilik tomonidan bunyodkorlarga ekologiya, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş, mavjud daraxtlarni asrab-avaylaş, quvvat tejamkorligi, şuningdek, barpo etilayotgan inşootlar sifati borasida yanada yuqori talablar qöyilmoqda.

Foto: GoldenHouse

Yangi turar joy loyihalari hudud sifatini va ular qurilgan hududni yaxşilaşi kerak. Talab aynan şunday qöyiladi.

GoldenHouse kompaniyasi quriliş bozori yetakçisi sifatida özining tutgan örni va mas’uliyatini anglagan holda, öz oldiga butun soha yönalişini belgilab beriş va zamonaviy şahar aholisining barça talablariga javob beradigan mahsulot yaratiş kabi vazifasini qöydi.

Eko-development – kompaniyaning yaqin istiqbolga strategiyasi bölib, uning doirasida barça yangi loyihalar eko-standartlar va quriliş mahsuloti sifatiga yuqori talablar prizmasi orqali ötadi.

Assalom Jomiy eko-mavzei – jahon ekologik standartlari asosida öylangan va işlab çiqilgan loyiha sanaladi.

Mazkur mavze Olmazor tumanidagi sobiq Agregator zavodi hududida Jomiy aylanasida bunyod etilib, joylaşgan hududga yanada körk berib uni sezilarli darajada yaxşilamoqda. Loyihani sobiq sanoat korxonasi örnida amalga oşiriş GoldenHouse kompaniyasi strategiyasining bir qismi bölib, u hududning atrof-muhit rivojiga zarar yetkazmasdan yangi mavzelar quriş, taşlandiq hududlarga yangi, yanada qulay hayot olib kiriş imkonini beradi.

Foto: Golden House

Sobiq işlab çiqariş sexlari ehtiyotkorlik bilan demontaj qilinadi va çiqariladi. Depressiv hudud örnida esa tez orada sokin, yam-yaşil hovlilar, şinam dam oliş maskanlari, sport maydonçalari, turli yoşdagi bolalar uçun öyin maydonçalari bilan jihozlangan yangi zamonaviy mavze paydo böladi.

Hovlilar öziga xos eko-standartlar asosida yaratilmoqda. Bu kökalamzorlaştiriş, soyali dam oliş hududlari, içimlik suv oqadigan favvoralari, avtomatik suğoriş tizimlari va havoni tabiiy namlantirişning katta hajmidir. Bu yerda mevali daraxtlardan iborat boğlar barpo etilib, aholi tomonidan gul va mevali butalar ekiş uçun joylar ajratilişi közda tutilgan. Şuningdek, hovlilarda quşlarni boqiş uçun maxsus joylar va muşuklar uçun uyçalar örnatiladi.