Golden House kompaniyasi özining yangi loyihasi – UNION ON ANHOR turar joy majmuasini taqdimot etadi.

UNION turar joy majmuasi bu – megapolis öz aholisiga taklif qila oladigan eng a’losining özaro ittifoqi. Rivojlangan infratuzilmaga ega qulay hududda qad rostlagan, tabiat bilan mukammal uyğunlikni özida mujassam etgan panoramali oynali va Anhor daryosi, teleminora hamda Toşkent markazidan turib şaharning beqiyos manzaralari gavdalanadigan keng xonadonlar.

Uşbu majmua barça eng yaxşi jihatlarni özida mujassam etgan – boğli va sohil böylab keng saylgohli noyob joylaşuv, zamonaviy me’morçilik hamda texnologiyalar, xilvat va aholi uçun yuqori darajadagi xavfsizlik, sokinlik va osoyiştalik, markaz va şaharning asosiy diqqatga sazovor joylarining yaqinligi.

Bu yerda hayotingiz çeksiz quvvat, özaro uyğunlik hamda qulaylikka töla bölişi uçun barçasi közda tutilgandir.

Foto: Golden House

UNION turar joy majmuasi Anhor daryosi qirğoğida joylaşgan bölib, bir neçta boğlar – Navröz Etnopark, Anhor boği va boşqalar bilan qurşalgan, noyob mikroiqlim, musaffo havo va tinçlik osoyiştalik qönim topgan göşa. Loyihaning şahar markazida joylaşgani şarofati bilan siz doimo sanoqli daqiqalarda şaharning istalgan nuqtasiga tezda yetib bora olasiz, yölga vaqtni behuda sarflamaysiz va şu bilan birga azim şahar aholisi bölib qolasiz.

Boğning umumiy maydoni 15 gektardan ortiq maydonni egallaydi, unda piyoda sayrlar uçun sohil böyi hududlari, yaşil dam oliş joylari hamda velosiped yölaklari mavjud. Bu yerda siz şunçaki yoqimli sayrlar qilişingiz hamda gözal manzaralardan bahramand bölişingiz, faol dam oliş bilan şuğullanişingiz yoki sayrlarni madaniy tadbirlar bilan özaro birgalikda ötkazişingiz mumkin.

Şu bilan birga, turar joy majmuasi devorlari ortida qulaylik va xilvatlik olami yaşiringan. Bu sokin hovlisi, soyali dam oliş maskanlari, bolalar öyin maydonçasi, work-out hududi, kun-u tun qöriqlaş hamda zamonaviy xavfsizlik tizimlari (IP-videodomofon tizimi, videokuzatuv, Face-ID, aqlli tösiq, raqamlarni avtomatik öqiş)ga ega yopiq hududdir.

Foto: Golden House

Yer osti qavatlarida 170 ta maşina öringa möljallangan 2 qavatli keng avtotöxtaş joyi mavjud bölib, undan majmuaning bevosita turar joy qismiga lift yordamida töğridan töğri çiqiş mumkin.