14:49 / 24.03.2021
2012
Bayden yozgacha barcha amerikaliklar vaksina bilan ta'minlanishini aytdi

Jo Bayden hozirda joriy etilayotgan Amerikani qutqarish rejasida emlash ishlarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilganini ta'kidladi. 

Foto: EPA

AQSh prezidenti Jo Bayden may oxiriga qadar mamlakat barcha fuqarolarga yetadigan vaksinaga ega bo‘lishini ma'lum qildi. U bu haqda Ohayo shtatiga tashrifi vaqtida aytdi.

"May oxiriga qadar 600 million dozaga yaqin vaksinaga ega bo‘lamiz, bu har bir amerikalikka yetadi", - dedi u.

Bayden shuningdek, hozirda joriy etilayotgan Amerikani qutqarish rejasida emlash ishlarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilganini ta'kidladi.

Jo Bayden o‘tgan haftada AQShda 100 millionga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlab bo‘linganini ma'lum qilgandi.

Top