12:27 / 25.03.2021
42409
O‘zbekistonda avtomobillar uchun pulli yo‘llar narxi qancha bo‘lishi ma'lum qilindi

O‘zLiDeP press klubida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili Toshkent - Andijon pullik yo‘lining narxi qancha bo‘lishini ma'lum qildi.

Toshkent — Andijon yo‘lida Qamchiq dovonida tezlik 60-70 km minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yo‘lning qolgan qismida avtomobil 150 km tezlik bilan harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yengil mashinalar uchun:

  • Toshkent — Andijon — 5 AQSh dollari atrofida;
  • Toshkent — Angren — 1,7 AQSh dollari atrofida;
  • Toshkent — Qo‘qon — 1-2 AQSh dollari atrofida.

Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq bo‘ladi:

Toshkent — Andijon - 20 AQSh dollar.

Avvalroq O‘zbekistonda dastlabki pullik yo‘llar 2023 yildan keyin qurilishi ma'lum qilingan edi.

Top