Rejada sakkizta yirik transport loyihalarini amalga oşiriş töğrisida asosiy ma'lumotlar mavjud, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Xususan, Toşkent-Andijon pullik yöli qurilişi va foydalanişga topşirilişi loyihasi Transport vazirligi hamda Jahon banki tomonidan örganilmoqda. DXŞ asosida loyihaning maqsadga muvofiqligi asosida, 2021 yilning ikkinçi çoragida tender e'lon qiliş va 2022 yilning ikkinçi çoragida tender ğolibini aniqlaş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, qurilişning taxminiy muddati 24 oyni taşkil etadi.

Yana bir loyiha - Toşkent-Samarqand pullik yölini quriş va foydalanişga topşiriş Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining kömagi bilan işlab çiqilmoqda

Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaş böyiça işlar 2020 yil oxirida yakunlanişi kutilmoqda. Tender 2021 yil boşida boşlanadi va iyulda tugaydi (quriliş muddati 24 oy).

Rejada aviatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş loyihalari ham bor.

Ta'kidlanişiça, Jahon banki DXŞ mexanizmi orqali Özbekistondagi mintaqaviy aeroportlarni modernizatsiya qiliş imkoniyatlarini örganib çiqqan. Xalqaro infratuzilma fondi (GIF) uşbu iş uçun 350 ming dollar miqdorida grant ajratdi. Aeroportlarni quriş va modernizatsiya qiliş böyiça pilot dasturiga Andijon, Qaşqadaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi aeroportlari kiritilgan.

2020 yil oxirigaça örganişni yakunlaş va takliflarni yuboriş uçun maslahatçilarni jalb qiliş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda 2030 yilgaça Özbekistonda yöllarni rivojlantiriş strategiyasi, Jahon banki bilan hamkorlikda transport sektorining boş rejasi işlab çiqilmoqda.