17:50 / 27.03.2021
2526
AQSh sudi bitkoynlar bilan firibgarlik qilgan britaniyalikni 572 mln dollar to‘lashga hukm qildi

Sud hukmiga ko‘ra, Reynolds 429 mln dollar jarima va aldangan mijozlarga 143 mln dollar kompensatsiya to‘laydi.   

Nyu-York janubiy okrug federal sudi britaniyalik Benjamin Reynoldsni 22190 bitkoynni «noqonuniy o‘zlashtirgani sababli 572 mln dollar jarimaga tortdi. Bu haqda AQSh tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiya (CFTC) ma'lum qildi

Sud hukmiga ko‘ra, Reynolds 429 mln dollar jarima va aldangan mijozlarga 143 mln dollar kompensatsiya to‘laydi.   

CFTC bayonotida aytilishicha, sudning jarima va kompensatsiya to‘g‘risidagi qarori jabrlanganlarning barcha pullari qaytarilishiga olib kelmasligi mumkin, «chunki unda bunga yetarli mablag‘ yoki aktivlar bo‘lmasligi mumkin». Bundan tashqari, Reynoldsning hozirda qayerdaligi noma'lum, deb yozadi Bloomberg.

Ma'lumot berilishicha, Reynolds 2017 yil mayidan oktyabriga qadar veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va e-mail orqali butun dunyo bo‘yicha 1000 kishidan, jumladan, AQShda yashovchi 169 kishidan o‘sha vaqtdagi qiymati 143 mln dollar bo‘lgan 22190 bitkoyn so‘ragan. U o‘zining Control-Finance Limited kompaniyasi virtual valuta birjalari orqali bitkoynlarni sotib, ularning daromadlarini ko‘paytirib berishni va'da qilgan.

Aslida esa Reynolds hech qanday savdoni amalga oshirmagan. U oktyabr oxirigacha barchaning mablag‘ini qaytarib berishni va'da qilgan bo‘lsa-da, mablag‘larni qaytarmagan. 

Bugungi kunda 22190 bitkoyn narxi 1,2 mlrd dollarga teng (bir bitkoyn — 54 849 dollar).

Mavzuga oid
Top