Salvador bitkoynni qonuniy tölov vositasi sifatida tan olgan dunyodagi birinçi mamlakat böldi va kriptovaluta sotib olişni boşladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nayib Bukele ma'lum qildi.
«Salvador hozirgina özining ilk 200 bitkoynini sotib oldi. Qisqa vaqt içida brokerlarimiz yanada köproq sotib oladi», — deb yozdi Bukele Twitter sahifasida.
Ekspertlarning fikriça, kriptovalutadan foydalaniş salvadorliklarga mehnat migrantlarining xorijdan pul ötkazişdagi komission xarajatlarida 400 mln dollargaça tejaşlariga imkon beradi, deb yozadi Reuters.
Ammo tanqidçilar bitkoynga ötiş pul yuvişga yöl oçişidan ogohlantirmoqda.
Sönggi ma'lumotlarga köra, bir bitkoyn narxi 50-52 ming dollar atrofida.

















