Xitoy markaziy banki kriptovalutalar bilan operatsiyalar çayqovçilik ekanligini, şu bois ulardan «uzoqroq turiş» kerakligini bildirdi, deb xabar berdi «Jenmin jibao» gazetasi.

Mamlakat markaziy banki moliyaviy iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş byurosi direktori örinbosari In Yupin xitoyliklarni «öz hamyonlarini himoya qiliş»ga çaqirdi. Uning sözlariga köra, bitkoyn qonuniy tölov vositasi deb tan olinmagan, şu bois uning real qiymati yöq.

«Markaziy bank tegişli departamentlar bilan hamkorlikda xorijiy kriptobirjalar va mahalliy treyderlarni aniqlaydi hamda bunday sayt va ilovalarga qarşi çora köradi», — dedi Yupin. 

Avvalroq Xitoyning ilk kriptomilliarderlaridan biri va BTC China kriptobirjasi asosçisi Bobbi Li Xitoy hukumatini bitkoyn va boşqa raqamli valutalarni butunlay taqiqlamoqçilikda gumon qilgandi.

Xitoy avvalroq yirik moliyaviy institutlarga kriptovalutada operatsiyalar ötkazişni taqiqlagandi.