15:18 / 30.03.2021
6718

AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksinasi nomini o‘zgartirdi

Shvetsiya dori vositalari agentligining bildirishicha, vaksina nomining o‘zgarishi uning tarkibiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.

AstraZeneca ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasi o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi nomini o‘zgartirdi. Bu haqda Yevropa dori vositalari agentligi xabar bermoqda.

Endilikda u Vaxzevria deb nomlanadi. Koronavirusga qarshi vaksinaning avvalgi nomi Vaccine AstraZeneca edi.

Shvetsiya dori vositalari agentligining bildirishicha, vaksina nomining o‘zgarishi uning tarkibiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.

Aniqlik kiritilishicha, vaksina nomi kompaniya arizasiga ko‘ra o‘zgartirilgan.

Avvalroq emlashdan so‘ng tromblar paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlardan keyin dunyoning qator mamlakatlarida AstraZeneca vaksinasidan foydalanish to‘xtatib qo‘yilgandi. Vaksina va tromb hosil bo‘lishi orasida bog‘liqlik borligi taqdiqlanmagan bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlar tavakkal qilmaslikni ma'qul ko‘rdi.

 

Mavzuga oid
Top