Yaqinda Agrobank xalqaro VISA kartasini kartomat orqali berish xizmati yo‘lga qo‘yilganini e'lon qilgandi.
Endi O‘zbekistonda ilk bor, HUMO kartasini bank xodimining yordamisiz olish mumkin. Bu Agrobankning smart-ofislarida joylashgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmasi – kartomat orqali amalga oshiriladi.
- Kartani olish uchun 3 daqiqadan kam vaqt sarflanadi.
- Karta rasmiylashtirish uchun pasportingizdan tashqari hech qanday ortiqcha hujjatlar kerak emas.
- Kun-u tun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi Agrobank Bosh ofisi oldida Muqimiy ko‘chasi, 43 manzilida joylashgan.
Dastlabki bosqichda bu xizmatdan Agrobank mijozlari foydalanishlari mumkin.
Biz sizning qulayligingiz va eng qimmatbaho boyligingiz – vaqtingizni tejash uchun barcha sharoitlar yaratmoqdamiz.
Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: @Agrobank_uz
Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan
Reklama huquqi asosida