13:44 / 05.04.2021
1691
Koreya parlamenti delegatsiyasi Toshkentga kelmoqda

5-7 aprel kunlari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Pak Byon Sok O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif buyuradi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Pak Byon Sok bilan uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida Koreya madaniyati va san'ati uyida Koreya Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuv, Toshkent shahridagi Milliy bolalar tibbiyot markaziga tashrif buyurish, “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gulchambar qo‘yish, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish nazarda tutilgan.

Top