27 mart kuni Toşkent viloyatining Bekobod tumanida 1996 yilda tuğilgan ayol köp qavatli uyning 5-qavatidan tuşib ketib, vafot etdi. U turmuş örtoği tomonidan muntazam zöravonlikka uçrab kelgan. Voqeadan 15 kun avval unga himoya orderi berilgan edi.

Oliy Majlis Senati matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Senat raisi Tanzila Norboyeva ayolning ölimi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar olib borayotgan tergovga qadar tekşiriş jarayonlarini öz nazoratiga olganini ma’lum qildi.

Oila va xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga Bekoboddagi bu vaziyat qömita tomonidan örganilayotgani, ayni paytda prokuratura va içki işlar tizimiga sörov yuborilganini ma’lum qildi.