18:00 / 06.04.2021
2045
«O‘zbekgidroenergo» va «Roseksimbank» o‘rtasida yangi GESlarni qurish borasida kelishuv imzolandi

«O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan yangi GESlarni qurilishini moliyalashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining «Roseksimbank» AJ (Rossiya eksport-import sohasida ixtisoslashtirilgan banki) hamkorligida kelishuv imzolandi.

Gidroenergetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Pskem daryosida 140 MVt quvvatga ega «Mullalak» GESini, Namangan viloyatidagi katta Andijon kanalida quvvati 51 MVt bo‘lgan kichik GESlar kaskadi, ya'ni Kugay-1, Kugay-2, Beshqo‘rg‘on-1 va Beshqo‘rg‘on-2 kichik GESlarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

«O‘zbekgidroenergo» AJ hamda «Roseksimbank» AJ tomonidan umumiy qiymati 340 mln dollar bo‘lgan yangi loyihalar to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlar orqali moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Ikki tomonlama uchrashuvda «Roseksimbank» AJ Boshqaruvi raisi Azer Talibov hamda «O‘zbekgidroenergo» Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov sohadagi islohotlar borasida o‘zaro fikr almashdilar.

1201Llui32syDAm7UhQm0_OUiK4T4pQo.jpg (1280×853)

«O‘zbekgidroenergo» AJ Axborot xizmati

Top