Bu borada, “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş orqali mamlakatimiz gidroenergetika quvvatini hamda toza va arzon yaşil elektr energiya manbasini işlab çiqarişni yanada oşiriş yönalişida izçil amaliy faoliyat olib borilmoqda.

Bugun, 25 dekabr kuni Andijon viloyati Xonobod şahrida yangidan barpo etilgan Xonobod mikro GESning oçiliş marosimiga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.

Oçiliş marosimida Andijon viloyat va Xonobod şahri hokimligi vakillari, “Özbekgidroenergo” AJ mas’ul rahbarlari, hududiy faollar hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Xonobod şahri Öng qirğoq kanali PK-37da barpo etilgan uşbu mikro GES Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 17 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-57-sonli qaroriga muvofiq jamiyatning töliq öz mablağlari hisobidan qurilgan bölib, buyurtmaçi tizim taşkiloti hisoblangan “1-son Quriliş direksiyasi” UK böldi. Yana bir tizim taşkiloti – “Gidroproyekt” AJ tomonidan asosiy loyihalaştiriş işlari bajarildi.

Mazkur mikro GESning quvvati 650 kVt, örtaça yillik 3,6 mln kVt.soat elektr energiya işlab çiqariş imkoniyatiga ega.

Mazkur mikro GESda har birining quvvati 325 kVtdan bölgan 2 ta gorizontal “Kaplan” turidagi S-turbinali gidroagregatlar örnatilgan. Bu turdagi agregatlar respublikamizda birinçi marta örnatildi. Afzalligi – mikro GES 6 m3/s suv sarfi bilan töliq quvvatda işlasa-da, lekin bitta agregat atiga 1 m3/s suv bilan ham elektr energiya işlab çiqaradi.

Xonobod mikro GES işga tuşişi natijasida mahallabay tizim orqali Teyit hamda Yangi hayot mahallasining qariyb 1 500 xonadoni elektr energiya bilan ta’minlanadi.

Şu bilan birga, bir yilda örtaça 1 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

GESda barça uskunalar mahalliy işlab çiqariş doirasida özimizda işlab çiqarilgan. Tizim taşkiloti hisoblangan “Suvsanoatmaş” AJda GES uçun zaruriy bölgan barça jihozlar işlab çiqarildi.

Gidroenergetika sohasining rivoji mamlakatimizda elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatini oşiriş barobarida, yangi qurilayotgan GESlar joylaşgan hududlarning aholisi turmuşi farovonligining oşişiga, xonadonlarning yanada nurafşon bölişiga xizmat qiladi.

“Özbekgidroenergo” AJ axborot xizmati

Reklama huquqi asosida