17:35 / 13.04.2021
1846
Avstriya sog‘liqni saqlash vaziri «ko‘p ishlab charchagani» sababli iste'foga chiqishini ma'lum qildi

«Pandemiya davrida 100 foizlik sog‘liqni saqlash vaziri zarur», - dedi Rudolf Anshober.

Avstriya sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ishlar vaziri Rudolf Anshober lavozimini tark etayotganini e'lon qildi. Bunga pandemiya davrida ko‘p ishlash va salomatlik bilan bog‘liq muammolar sabab, deb yozadi Euractiv.

Anshoberning so‘zlariga ko‘ra, u juda qattiq ishlagan va o‘z imkoniyatlarini tugatib bo‘lgan.

«Pandemiya davrida 100 foizlik sog‘liqni saqlash vaziri zarur», — dedi Anshober.

U faoliyati davrida muntazam ravishda tanqidlar va tahdidlarga duch kelganini aytdi.

«Imkonim boricha harakat qildim va zimmamga ulkan mas'uliyatni oldim. Bir necha hafta o‘zimni yaxshi his qilmadim. Menda qand miqdori va qon bosimi ko‘tarilib ketdi», — dedi Anshober.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar dam olish kerakligini aytishgan, ammo pandemiya davrida dam olishga imkon bo‘lmagan.

Top