15:12 / 16.04.2021
2261
Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda

Jizzax shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchini haqorat qilgan viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 12 aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.Po‘latov, Z G‘aniyev va Sh.Murodovlar Jizzax shahar, I.Karimov shohko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida YPX inspektori Sh.Murodov tomonidan «Vaz-2108» mashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlanganligi bois to‘xtatilgan.

YPX xodimi haydovchidan me'yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganda, haydovchi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovchi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma tuzilib, «Vaz-2108» vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovchi YPX xodimiga e'tiroz bildirib, qarshilik ko‘rsatgan. YPX inspektori Sh.Murodov haydovchi bilan muloqat jarayonida nosamimiy munosabatda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top