Jizzax şahridagi köp qavatli uyda 14 iyun kuni yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Jizzax şahar «Xalqabod» MFY R.Isayev köçasida joylaşgan 7 qavatli binoda yonğin sodir bölayotgani töğrisidagi xabar FVB Navbatçilik qismiga soat 05:00 da kelib tuşgan. Şunga köra, 5 ta yonğin-qutqaruv bölinmalari soat 05:08 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 05:15 da örab olingan va soat 06:00 da öçirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin natijasida binoning 180 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Binoning 400 kvadrat metr maydoni yonğindan saqlab qolingan.
Yonğin oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












