Qayd etilişiça, mazkur videotasvir 2016 yil 11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqqa joylaştirilgan. Unda aks etgan sobiq profilaktika inspektori I.Hoşimovga nisbatan Toşkent şahar IIBB tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilib, u 2016 yil 14 aprel kuni içki işlar organlari xodimiga nomunosib xatti-harakatlarni sodir etgani sababli içki işlar organlari safidan böşatilgan. 

“Hurmatli fuqarolar va yurtimiz mehmonlari! Ijtimoiy tarmoqlarda videotasvirlarni tarqatişda uning dastlab joylaştirilgan sanasiga e'tibor berişingizni, qonuniy çora körilgan holatlar yuzasidan sun'iy ravişda şov-şuv kötarmasligingizni, har qanday vaziyatga xolisona baho berişingizni söraymiz”, deyiladi ma'lumotda.