16:14 / 18.04.2021
12825
Namanganda muxlislar hujumiga uchragan MTRK avtomobili ta'mirlab berildi

Superliga 5-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Paxtakor» (1:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, Namangandagi o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tegishli avtomobilga shikast yetgandi.

«Ayrim muxlislar tomonidan tartibsizliklar uyushtirilgan va buning natijasida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tegishli bo‘lgan Ko‘chma televizion stansiyaning maxsus avtomobili shikastlangandi. Tartibsizliklar uyushtirgan muxlislar jazoga tortilishdi. MTRK avtomobili esa ta'mirdan chiqarildi.

Umid qilamizki, endi bunday tartibsizliklar yuz bermaydi hamda jamoamiz ishqibozlari muxlislik madaniyatiga amal qilishadi», - deyiladi «Navbahor» klubi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» - «Paxtakor» uchrashuvidan keyingi tartibsizliklar uchun 7 kishi javobgarlikka tortilgan, O‘FA qaroriga ko‘ra «Navbahor» ishtirokidagi ikki uy uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi haqida ma'lum qilingandi.

Top