11:09 / 22.04.2021
1240
Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida paxtaobodlik bokschi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Foto: Paxtaobod tumani hokimligi axborot xizmati

Ayni kunlarda Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu musobaqada Paxtaobod tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Shohjahon Abdullayev ishtirok etmoqda. 

U dastlabki jangni belaruslik Andrey Masalauga qarshi o‘tkazib, 5:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va chorak final yo‘llanmasiga erishdi. 

Hamyurtimizga chorak final janglarida ham zafar yor bo‘lib, germaniyalik Delil Dadayevni ham 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Navbat yarimfinalga. Shohjahon yarimfinalda chernogoriyalik raqibi bilan ro‘baro‘ keldi va bu jangda ham hamyurtimizning qo‘li baland kelib, 3:2 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Shunday qilib, Shohjahon finalda! Unga finalda ham g‘alaba yor bo‘lishini tilaymiz.

Avvalroq, Andijonlik o‘quvchi Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga suzish yo‘nalishi bo‘yicha yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Top