15:24 / 23.04.2021
9998
Kreml Zelenskiy bilan Qrim mavzusi muhokama qilinmasligini bildirdi

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Moskvada qabul qilishga tayyorligini aytgandi.  

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishi mumkin, ammo Qrim mavzusini emas.

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

"Prezidentning o‘zi ikki tomonlama munosabatlar to‘g‘risida gaplashish mumkinligini, Qrim mavzusi yo‘qligini aytdi. Shuning uchun buni muhokama qilishning hojati yo‘q", - dedi Peskov.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Moskvada qabul qilishga tayyorligini aytgandi.

 «Bu uchrashuvda nimalarni muhokama qilamiz? Agar bu Donbass bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda Ukraina hukumati «DXR» va «LXR» rahbariyati bilan uchrashishi, so‘ngra bu muammolarni uchinchi mamlakatlar, jumladan, Rossiya bilan muhokama qilishi kerak. Agar gap ikki tomonlama munosabatlar to‘g‘risida bo‘lsa, u holda marhamat, biz Ukraina prezidentini Moskvada unga qulay bo‘lgan istalgan vaqtda qabul qilishga tayyormiz», – dedi u Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv chog‘ida.

Top