08:17 / 23.04.2021
16512
O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi

Bugun mamlakatga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi keltirildi. Vaksinani yetkazib berishda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi amaliy ko‘mak berdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Ta'kidlanishicha, fevral oyi o‘rtalarida O‘zbekiston N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasidan respublikada ommaviy foydalanish uchun sertifikatladi va tasdiqladi. Ushbu vaksinani sertifikatlash jarayoni ishlab chiquvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlandi. 

«O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinadigan «Sputnik V» vaksinasining yarmini vatandoshimiz tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi», deyiladi ma'lumotda

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda aprel-iyun oylarida 4 millionga yaqin fuqaroni COVID-19’ga qarshi emlash rejalashtirilgan edi. 2021 yil oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich 7 millionga yoki mamlakat aholisining taxminan 20 foizigacha o‘sishi mumkin. 

Bugungi kunda mamlakatda o‘zbek-xitoy va AstraZeneca vaksinalarining qo‘shimcha dozalarini olib kelish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top