16:52 / 23.04.2021
1843
Sergeli tumanida vaqtincha issiq va ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-Sergeli katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Qayd etilishicha. shu munosabat bilan 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha quyidagi manzillarda issiq va sovuq suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • 8-Issiqlik qozonxonasi;
  • «Mustaqillik», «Do‘stlik», «O‘zgarish», «Habibiy» , «Shukur Burhonov», «Tinchlik», «Guliston», «Bobur», «Ittifoq, «Nilufar», «Navro‘z», «Humo»,  «Yorqin hayot», «So‘g‘diyona», «Qumariq», «Olchazor» MFYlari;
  • Do‘stlik-1, 2 mavzelari;
  • Sergeli-1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-a, 9, 15, 16, 17, 18 mavzelari;
  • Sergeli- A, 5A, 6A, 7A, 11A;
  • Temir yo‘lchi G-40 mavzesi;
  • Yo‘ldosh-16 A yangi daha;
  • 8- va 9-qurilish hududi;
  • 10-qurilish hududi.
Top