O‘zbekiston | 19:35 / 09.02.2024
8804
2 daqiqa o‘qiladi

12 fevral kuni Toshkentning ikki tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar Sergeli-8a mavzesidagi yerosti gaz quvurlarini qayta qurish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 12 fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi

Ushbu hududlar:

Sergeli tumani

  • Aholi iste’molchilari: «Sohibkor», «Yangi Sergeli», «Ezgulik», «Madadkor», «Ziyrat», «Mehrigiyo», «O‘zgarish», «Habibiy», «Saxovat», «Qipchoq», «Nurhayot», «Ittifoq», «Nilufar» MFYlaridagi 347 ta ko‘p qavatli uylardagi 18 953 ta xonadon;
  • «Daryo bo‘yi», «Sofdil», «So‘g‘diyona» MFYlaridagi 4072 ta yerli xonadon.

Yangihayot tumani

  • Aholi iste’molchilari: «Yo‘ldosh», «Mash’al», «Yangi turmush», «Olchazor», «Xushnud», «Navqiron», «Yorqin hayot», «Choragon», «Chorbog‘», «Viktor», «Al-Farg‘oniy», «Do‘stlik», «Iqbol», «Toshkent», «Fayzli» MFYlar ko‘p qavatli uylaridagi 12 559 ta xonadon va 3711 yerli xonadon.

«Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi», deyiladi xabarda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid