Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi xonadondan yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining yashirin ombori topildi
Sergeli tumanidagi xonadonda 1 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari va tamaki mahsulotlari saqlanayotgani fosh etildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Sergeli tumanidagi xonadonda yirik miqdordagi pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtning Sergeli tumanidagi avvaldan kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Jarayonda u yerda xorijda ishlab chiqarilgan va muqaddam turli yo‘llar bilan respublikaga olib kirilgan 162 153 dona salyut va petardalar, raqamli markirovka kodlariga ega bo‘lmagan 9 500 quti tamaki mahsulotlari saqlanayotgani fosh etilgan.


Tezkor tadbir davomida olib qo‘yilgan pirotexnika vositalari va tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1 mlrd so‘mdan oshmoqda. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qiymati salkam 2,7 mlrd so‘mlik 3 mln 158 ming donadan ziyod pirotexnika vositalarining yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Oldinroq Farg‘onadagi xonadondan 79,2 ming dona pirotexnika vositalari topilgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 10.06.2026
Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloq qutqarib qolindi
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
09:00 / 07.04.2026
Sergeli tumanida avtobusda yong‘in chiqdi
13:51 / 26.03.2026