Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon iqtisodiyotida turizmning ulushi ikki baravarga kamaydi
Pandemiyaga qadar dunyodagi har to‘rtinchi yangi ish o‘rni sayohat va turizm sohasida yaratilgan, barcha ish o‘rinlarining 10,6 foizi (334 mln kishi) va jahon YaIMning 10,4 foizi (9,2 trln dollar) turizmga to‘g‘ri kelgan.
2020 yilda turizmning jahon YaIMdagi ulushi 5,5 foizni tashkil etdi, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 10,4 foizga teng bo‘lgandi. Bu haqda Jahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC) hamda Oxford Economics hisobotida ma'lum qilindi.
Pandemiyaga qadar dunyodagi har to‘rtinchi yangi ish o‘rni sayohat va turizm sohasida yaratilgan, barcha ish o‘rinlarining 10,6 foizi (334 mln kishi) va jahon YaIMning 10,4 foizi (9,2 trln dollar) turizmga to‘g‘ri kelgan.
2020 yilda turizm sohasi qariyb 4,5 trln dollar yo‘qotdi, jahon YaIMdagi ulushi 49,1 foizga kamaydi. Shuningdek, 62 mln ish o‘rni yo‘qotildi.
«Ish o‘rinlarini yo‘qotish xavfi saqlanib qolmoqda, chunki aksariyat ish o‘rinlari davlat dasturlari asosida qo‘llab-quvvatlanmoqda, turizm va sayohatlar sohasi to‘liq tiklanmaydigan bo‘lsa, ular ham yo‘qotiladi», – deyiladi hisobotda.
Shu bilan birga, jahon miqyosida ichki turistlarning xarajatlari 45, xorijlik turistlarning xarajatlari esa 69,4 foizga kamaygan.
Mavzuga oid
11:52 / 16.12.2025
Statistika: Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifi oshib bormoqda
11:42 / 11.12.2025
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlar tashkil etiladi
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
16:06 / 27.11.2025