20:00 / 27.04.2021
11297
Reklama

Global Elite School poliglotlar maktabi o‘quvchilarni kutmoqda!

O‘zbekistondagi ilk poliglotlar maktablaridan biri bo‘lgan Global Elite School ma'muriyati boshlang‘ich maktabga o‘quvchilar qabuli boshlangani haqida ota-onalarga eslatib o‘tadi. Hozirgi kunda maktabda 1—4 sinflardagi ta'lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2021-2022 o‘quv yilida 5- va 6-sinflarni ochish rejalashtirilmoqda.

Maktabda unikal Koreya tizimi bo‘yicha ta'lim beriladi va bolalar, 9 yil ichida 9 ta tilni o‘zlashtirib, haqiqiy poliglotlarga aylanishlari taklif etiladi. O‘quvchilar koreys, rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy va, hozirgi kunda tobora aktuallashib borayotgan, dasturlash tillarini o‘rganadilar. Ta'lim tafsilotlari bilan maktab rasmiy saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Interaktiv doskalar, sensor panellar, proyektorlar, monobloklar, dunyo tillaridagi kitoblarni o‘z ichiga qamrab oluvchi ulkan elektron kutubxona, 4 mahal ovqatlanish va sinflardagi uy vazifalari tahlili – maktabda bolalarning bilimga bo‘lgan qiziqishi birinchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari, bolalar darslardan xoli vaqtlarda taekvondo, kendo, xoreografiya, gimnastika, Koreya madaniyati, robototexnika kabi turli xil seksiya va to‘garaklarda shug‘ullanishlari mumkin.

Global Elite School Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda universitet qoshidagi litsey bilan yaqin hamkorlik qiladi. Maktabni bitirganlaridan so‘ng, litsey hamda TDIUga o‘qishga kirishda va kelgusida Janubiy Koreyada ta'lim olishda maktab o‘z o‘quvchilariga ko‘maklashadi. Pandemiya oxirlab, xalqaro qatnovlar tiklanganidan so‘ng maktab ma'muriyati har yilgi Koreya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy kabi xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘tadigan til amaliyotlarini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Koreys va ingliz tili darslarini ushbu til sohiblari bo‘lmish o‘qituvchilar olib boradilar. Mashhur Koreya madaniyati to‘garagini esa maktab direktori, 40 yillik tajribaga ega, 5 xil tilni o‘zlashtirgan, o‘z ona yurti an'analari hamda urf-odatlari bilimdoni – janob Song Chang Sub olib boradi. «Biz barcha bolalarimiz chet tillarda insonlar va mashinalar ko‘magisiz erkin so‘zlasha olishlarini orzu qilamiz» - deya ta'kidlaydi maktab direktori.

Global Elite School poliglotlar maktabiga qabul to‘g‘risida ko‘proq ma'lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefon raqamlari bo‘yicha qo‘ng‘iroq qiling:

+99899-807-33-43

+99899-920-33-43

+99890-936-11-31

+99890-945-44-56

+99890-915-03-38

+99890-999-51-21

Bolalaringiz kelajagini hozirdan yarating!

Sayt: globalelite.uz

Telegram: t.me/globaleliteschool

Instagram: @globaleliteschool.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top