Jahon | 21:41 / 27.04.2021
8961
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Apple 12 million dollar miqdorida jarimaga tortildi

Jarima kompaniya Rossiyaning monopoliyaga qarshi qonunchiligini buzgani uchun belgilangan.

Foto: AP

Rossiya federal antimonopol xizmati (FAS) Apple kompaniyasini 906 million rubl (12 million dollar) jarimaga tortdi. Bu haqda idora saytida ma'lum qilindi.

Jarima kompaniya Rossiyaning monopoliyaga qarshi qonunchiligini buzgani uchun belgilangan. FAS o‘tgan yili «Laboratoriya Kasperskogo» shikoyatidan so‘ng Apple kompaniyasiga qarshi ish ochgandi. Aniqlanishicha, IT-gigant iOS operatsion tizimidagi mobil ilovalar bozoridagi ustunligini suiiste'mol qilgan.

FASning fikricha, Apple o‘z mahsulotlariga raqobat ustunligini taqdim etgan va raqobatchilarning mahsulotlari tarqatilishi sharoitini yomonlashtirgan. 

Kompaniyaga, shuningdek, o‘z ilovalari uchun boshqa ishlab chiqaruvchilarning ilovalariga nisbatan ustuvor sharoit yaratishga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati yuklatilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid