09:00 / 27.04.2021
9426
Reklama

Seoul Mun loyihasining qurilishi yangiliklari

Dream City Development kompaniyasi suv bo‘yidagi Seoul Mun loyihasida davom etayotgan qurilish ishlari haqida ma'lumot berdi.

Seoul Mun – bu Bo‘rijar kanali bo‘yida qurilayotgan savdo va ko‘ngilochar markaz loyihasi. Uning shimoliy sohili Seul ko‘chasi, janubi esa Bobur ko‘chasi bo‘ylab joylashgan. Seoul Mun hududidagi soy bo‘ylab uch qavatli do‘kon, kafe, restoran, supermarket, bolalar va ko‘ngilochar joylar hamda yuzlab xizmat ko‘rsatish maskanlari joylashadi.

Obekt qurilishi 2019 yilning kuzidan boshlab olib borilmoqda va tez sur'atlar bilan faol ravishda davom etmoqda. Bugungi kunda qurilishning natijalari ko‘zga tashlanmoqda. 4-blokda, janubiy qirg‘oqda, allaqachon binolarning uchinchi qavati ko‘tarilgan. Qo‘shni bloklarda ikkinchi qavat qoliplarini quyish uchun uskunalar o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda, birinchi qavat ustunlarini mustahkamlash va betonlashtirish deyarli yakunlandi.

Devor va poydevor qoziqlari va ustunlarining bo‘g‘inlarini izolyatsiyalash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Har bir maydon ikki qavat izolyatsiya qilingan. Qo‘shimchalar zichligi va sifati tekshiriladi. Shimoliy sohilda qazish ishlari faol olib borilmoqda. Ayni paytda 22 500 m³ dan ortiq tuproq olib tashlandi.

Dream City Development kompaniyasi obektning faol qurilish bosqichini investorlarga kapital qo‘yish uchun eng foydali davr hisoblaydi. Bu foydali takliflar va qulay to‘lov shartlari vaqti. Tijorat ko‘chmas mulkini 100% to‘lov bilan yoki muddatli to‘lovga xarid qilishni mo‘ljallayotganlar uchun 27% gacha chegirma mavjud. Batafsil ma'lumot olish uchun kompaniya sizni sotuv ofisiga taklif qiladi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top