15:13 / 28.04.2021
18446
Lavrov Putin nega Zelenskiyning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba hamda prezident Vladimir Zelenskiyning qo‘ng‘iroqlari Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusi bilan bog‘liq.

Donbassda to‘rt nafar harbiy halok bo‘lganidan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qo‘ng‘irog‘iga javob bermadi. Sababi, bu Donbassdagi ayirmachilar vakillari bilan muhokama qilinadigan masala, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba hamda prezident Vladimir Zelenskiyning qo‘ng‘iroqlari Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusi bilan bog‘liq.

"Bu esa ular ushbu yo‘nalishda Minsk kelishuvlarini chetlab o‘tishga va Rossiyani nizodagi tomonlardan biri sifatida ko‘rsatishga urinishayotganini anglatadi", dedi u.

Lavrovning aytishicha, Rossiya tomoni Kiyev bilan faqat ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash masalasini muhokama qilishga tayyor.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan faqat ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishi mumkinligini aytgandi.

Top