Ukrainada uruşning 803-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya mudofaa vazirligi Ğarbning «provokatsion bayonotlari va tahdidlari»ga javoban taktik yadro quroli bilan maşğulot ötkazilişini ma’lum qildi.
- RF TIVga Buyuk Britaniya elçisi çaqirildi — Devid Kemeronning Ukraina Rossiyaga britan qurollari bilan hujum qilişga haqli ekani töğrisidagi sözlari uçun.
- Belgorod oblastida dronlar avtobus va avtomobillarga hujum qilişi oqibatida yetti kişi halok bölib, 35 kişi yaralandi.
- Rossiyada neft va gaz sohasi armiya va qurol işlab çiqariş zavodlari bilan raqobat tufayli işçi kuçi taqçilligiga uçramoqda.
- Demokratlarning Vakillar palatasidagi yetakçisi Ukraina mağlub bölgan taqdirda, AQŞ uruşga aralaşişga majbur bölişi haqida gapirdi.
- RF qöşini Sumi oblastiga aviazarba yöllab, dronlar bilan hujum qildi. Energetika infratuzilmasi şikastlangan, regionning bir qismi elektrsiz qolgan.
Ukraina qurolli kuçlarining Xerson oblastidagi artilleriyaçilari
Xerson oblastida Ukraina qurolli kuçlarining boşqa bölinmalari qatorida 37-dengiz piyodalari alohida brigadasi ham harbiy xizmatni ötamoqda. Brigada 2023 yil boşida, Ukraina yangi qarşi hujumga tayyorgarlik körayotganida şakllantirilgan.

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images























