22:39 / 30.04.2021
9934
Afg‘onistondagi teraktda 30ga yaqin odam halok bo‘ldi

Afg‘onistonda minalashtirilgan avtomobilning portlashi oqibatida 30ga yaqin odam halok bo‘ldi, kamida 60 kishi yaralandi. Bu haqda Pajhwok nashri xabar berdi.

Portlash Lohar viloyatining ma'muriy markazi Puli-Alamda yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtomobil o‘nlab yoshlar to‘plangan bino yonida portlatilgan. Ular bu yerga Lohar universitetiga kirish imtihonlarini topshirish uchun yig‘ilishgan bo‘lgan.

TOLONews telekanalining xabar berishicha, binoga jiddiy shikast yetgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida o‘nlab odamlar bo‘lishi mumkin.

Afg‘onistonda harakat qiluvchi birorta terrorchi guruh hozircha ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Hujum AQSh va NATO Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshlagan vaqtda sodir etildi. Qo‘shinlar olib chiqilishini 11 sentyabrgacha yakunlash rejalashtirilgan.  

Top