23:41 / 02.05.2021
9296
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati Nyu-Dehlidan Dubayga ko‘chirildi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 21-31 may kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa shu sanalarda Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Hindistondagi og‘ir epidemiologik vaziyat sababli Dubayga ko‘chirildi.

Foto: Twitter /UAE_Forsan

Chempionat Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) va Hindiston boks federatsiyasi bilan birgalikda tashkillashtiriladi.

Osiyo chempionati Hindistonda 2020 yilda o‘tishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga ko‘chirilgandi. Qit'a chempionti 1963 yildan beri o‘tkazib kelinadi.

Top