22:42 / 06.05.2021
8690
AQSh Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydendan Ukrainaning NATOga a'zo bo‘lishida yordam berishini so‘ragandi.

Foto: imago

AQSh Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Karin Jan-Per ma'lum qildi.

«Ha, qo‘llab-quvvatlaymiz», — deb javob berdi Jan-Per Jo Bayden ma'muriyati Ukrainaning NATOga qo‘shilishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risidagi savolga.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydendan Ukrainaning NATOga kirishida yordam berishini so‘ragandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansga a'zo bo‘lish Donbassdagi nizoni hal qilishning yagona yo‘li bo‘ladi.

16 aprel kuni Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Ukrainaning NATOga a'zolik masalasini muhokama qilganini aytdi.

Top