17:26 / 07.05.2021
4460
Belarus koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqdi

Lukashenkoning qayd etishicha, Belarus vaksinadan foydalanishga shoshmaydi, chunki kasallik o‘zgarishga uchramoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mavjud vaksinalar koronavirusning yangi shtammlariga qarshi yordam bermasligi mumkin.

Belarus koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqdi, deb ma'lum qildi mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.

«Kecha o‘z vaksinamizni oldik. Hozir sotib olayotganimizdan farq qiladi. Shifokorlar aytganidek, «jonli» vaksina», — dedi u.

Lukashenkoning qayd etishicha, Belarus vaksinadan foydalanishga shoshmaydi, chunki kasallik o‘zgarishga uchramoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mavjud vaksinalar koronavirusning yangi shtammlariga qarshi yordam bermasligi mumkin.

«Vaksinamizni o‘zimizda paydo bo‘ladigan shtammga moslashtiramiz», — dedi u. 

Lukashenko 1 aprelda Belarusda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. Qarorga ko‘ra, bu ish bilan mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi va milliy fanlar akademiyasi shug‘ullanadi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top