9 fevral kuni Qozoğiston boş sanitar şifokori Ayjan Yesmagambetova tibbiy niqob taqişni tavsiya qiluvçi qarorni imzoladi. Sababi – koronavirus infeksiyasi, qizamiq va turli respirator virusli infeksiyalarning tarqalişi. 

Qarorda viloyatlar, Olmaota, Ostona, Çimkent şaharlari soğliqni saqlaş boşqarmalari hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati qömitasining hududiy boşqarmalari rahbarlariga quyidagilarni ta’minlaş topşirilgan:

- tibbiyot taşkilotlarida xodimlar va fuqarolar tomonidan tibbiy niqoblardan foydalaniş, antiseptik vositalar mavjudligi;

- COVID-19 koronavirus infeksiyasi, gripp va ÖRVI oldini oliş çora-tadbirlari töğrisida aholi örtasida tuşuntiriş işlarini olib boriş. 

Mahalliy ijro etuvçi hokimiyat va davlat hokimiyati organlari aholi gavjum joylarda: aeroportlar, vokzallar, avtovokzallar, bozorlar, savdo-köngiloçar markazlar, savdo uylari, teatrlar, kinoteatrlar, davlat xizmatlari markazlari, banklar va boşqalarda, transportning barça turlarida (jamoat transporti, havo, temir yöl) tibbiy yoki mato niqoblaridan foydalanişni tavsiya etişi lozim. 

Eslatib ötamiz, Qozoğistonda bir yil avval, 2023 yil yanvar oyi oxirida koronavirus bilan boğliq ravişda joriy qilingan tibbiy niqob rejimi bekor qilingan edi.