16:14 / 11.05.2021
35058
Tabiat sayrida musiqa tinglash yoqsa, LG XBOOM Go Bluetooth-kolonkalarini olishni unutmang

Yoz o‘zi bilan birga tabiatga sayohatlar, bog‘ pikniklari va ochiq havo sayrlarini ham boshlab kelmoqda. Agar siz tog‘ sayrini yaxshi ko‘rsangiz va bu sayrlarda kayfiyatingiz a'lo darajada bo‘lishini xohlasangiz, yana muhimi bunga musiqa yordam berishiga ishonsangiz, unda bu maqola siz uchun yozilgan.

Siz rasmda ko‘rayotgan LG XBOOM Go shunchaki Bluetooth-kolonka emas, balki Britaniya Meridian Audio kompaniyasi tomonidan ishlangan tiniq akustikaga ega bo‘lgan kolonkalar tizimidir. Kolonkalar ko‘tarib yurishga qulay, 24 santimetrgacha hajmga ega.

XBOOM Go kolonkasi tiniq ovoz yetkazib berishdan tashqari foydalanuvchilarga qo‘shimcha bonuslar ham taqdim etadi. Bluetooth-kolonka turli ob-havo va har xil vaziyatlarda ishlatishga moslashgan.

Avtonom ish tizimi

XBOOM Go kolonkasining eng katta modeli 24 soatgacha ishlab berishi mumkin. Agar siz vaqtingizning katta qismini toqqa ko‘tarilish uchun sarflamoqchi bo‘lsangiz, lekin sokinlikni yoqtirmasangiz, unda kolonkadan istagan musiqangizni yoki audiokitobingizni yoqing va kolonkaning quvvati tugab qolishi mumkinligini shunchaki unuting.

Chang va namlikdan himoyalangan

Kolonka yomg‘ir va changdan himoya qilingan. Tabiat qo‘ynida bo‘ladiganlarga uning injiqliklari juda tanish bo‘ladi. Uydan chiqayotganda kun quyoshlidek tuyuladi, birpasdan keyin esa osmonda bulutlar paydo bo‘ladi. Bunday paytlarda ham XBOOM Go kolonkalarini bemalol ishlatish mumkin.

Qo‘shimcha yorug‘lik

Kolonka hoshiyalaridan taraladigan turli rangdagi yorug‘lik musiqa ritmi bilan qo‘shilib ketadi va tungi payt har qanday atmosferani yorqinlashtiradi. Bu funksiya shunchaki zarurat emas, balki kayfiyat ko‘tarishning juda chiroyli vositasi hamdir.

Sound Boost

Kolonkalarning bu funksiyasi ovozni balandlatadi va uning tarqalish hududini kengaytiradi. Bu siz eshitayotgan musiqani ko‘pchilik va uzoqroq masofadan tinglayotgan bo‘lsa, juda asqotadi.

Kolonkalarni birlashtirish

XBOOM Go’ning bir nechta kolonkalarni birlashtirish va stereoovoz hosil qilishingiz mumkin. Bu ko‘pchilik bo‘lib biror film ko‘rayotganda yoki gulxan atrofida o‘tirganda qulay bo‘ladi.

Biz hali XBOOM Go kolonkalarining hamma qulayliklarini sanab bo‘lmadik. Bu kolonkalar yordamida baland ovoz holatida telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish mumkin, uy kinoteatrini hosil qilish uchun kolonkalarni televizorga ulashning ham imkoni bor.

LG XBOOM Go kolleksiyasida PL5 – narx, hajm va ish davomiyligi borasida oltin o‘rtalik hisoblanadi. PL5 modeli PL7 variantdan kichikroq hajm, 18 soatlik quvvatga egaligi va 20 Vtlik ovoz bilan farqlanadi. PL5 o‘zidan oldingi modelga nisbatan 4 baravar ko‘proq imkoniyatga ega. Shu modeldan keyingi barcha XBOOM kolonkalari musiqa qo‘yib berish bilan bir paytda boshqa qurilmalarni quvvatlab berishi ham mumkin.

LG yoki Meridian. Ularning qaysi birini tanlashingizdan qat'i nazar har ikkalasi ham sizning hordiqlaringiz mazmunli bo‘lishi uchun hissa qo‘shishga harakat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Top