16:11 / 12.05.2021
12986
Erdo‘g‘an Turkiya qachondan odatiy hayot tarziga qaytishini aytdi

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, hukumat «epidemiyani nazoratga oldi va Ramazon oyi tugashi bilan odatiy hayot tarziga qaytishni boshlash uchun qadam tashlaydi».

Foto: Reuters

Turkiya 17 may kuni lokdaun tugaganidan so‘ng odatiy hayot tarziga qaytishni boshlaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ramazon oyi yakunlanishi munosabati bilan qilgan telemurojaatida aytdi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, hukumat «epidemiyani nazoratga oldi va Ramazon oyi tugashi bilan odatiy hayot tarziga qaytishni boshlash uchun qadam tashlaydi». Turkiya prezidentining qayd etishicha, «pandemiyadan o‘tgan yil oxirigacha qutulish rejalashtirilgandi, ammo uning yangi to‘lqinlari butun dunyoga ta'sir ko‘rsatdi va shu bois yangi cheklovlar kiritishga to‘g‘ri keldi».

Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat pandemiya sababli odamlar duch kelgan kelgan muammolardan xabardor va bu muammolarni bartaraf etishga tayyor.

Turkiyada fevraldan buyon koronavirus yuqtirish holatlari o‘sib borishi kuzatildi. Aprel oxirida kuniga o‘n mingdan ortiq yangi holatlar qayd etildi. Shu sababli mamlakatda mahalliy aholi uchun 29 apreldan 17 maygacha lokdaun joriy etildi.

Top