23:01 / 13.05.2021
5072
Amazon AQShda 75 ming yangi xodim yollaydi

AQShning Amazon kompaniyasi 75 ming yangi xodim yollashini e'lon qildi. Odatda kompaniyaning boshlang‘ich ish haqi soatiga 15 dollarni tashkil qiladi, biroq yangi ish o‘rinlari egalariga soatiga o‘rtacha 17 dollar atrofida haq to‘lanishi kutilmoqda.

Yangi ishchilar kompaniyaning AQShdagi, jumladan, Kaliforniya, Nyu-Jyersi, Pensilvaniya, Vashington va Michigandagi omborlariga talab etilmoqda. Amazon ba'zi joylarda yangi ishchilarga hattoki 1000 dollar ko‘tarma puli to‘lashni rejalashtirmoqda.

«Iqtisodiyot ochila boshlamoqda va turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab yangi xodimlarga katta talab bor», deb aytgan kompaniya moliya direktori Brayan Olsavski.

Top