AQŞ kompaniyasi bilan çiqindilarni boşqariş sohasida samarali hamkorlik yölga qöyiladi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligida AQŞning Biologic International LLC kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda vazirlikning Sanitar tozalaş işlarini taşkil etiş respublika markazi rahbari Şarif Hasanov, Biologic International LLC kompaniyasi boşqaruvçi hamkori Keşav Rajpal va Saviday kompaniyasi hamkori Sean MacEllin iştirok etdi.
Uçraşuv doirasida delegatsiya mas’ul vakillari tomonidan kompaniyalar faoliyati xususida töxtalib ötildi. Xususan, çiqindilarni boşqariş, qayta işlaş va undan energiya olişga qaratilgan faoliyat yuzasidan özaro hamkorlikni yölga qöyişga doir istiqbolli loyihalar yuzasidan söz yuritildi.
Şuningdek, bioetanol va biometan işlab çiqariş uçun organik çiqindilarni yiğiş va qayta işlaş, organik çiqindilarni saralaş kabi qator masalalar ham muhokama qilindi.
Yakunda samarali hamkorlik örnatiş va kelgusida yirik loyihalarni birgalikda amalga oşiriş borasida kelişuvga erişildi.













