20:55 / 17.05.2021
29279
Dunyoning eng ekologik toza shahri ma'lum qilindi

 Avstraliya poytaxti Kanberra Uswitch britan sayti talqiniga ko‘ra, dunyoning eng ekologik toza shaharlari reytingida 1-o‘rinni egalladi.

Foto: Australian Capital Tourism

Tahlilchilar bu qarorlarini Kanberra o‘z ehtiyoji uchun ishlatadigan energiyaning 48 foizini ekologik toza manbalardan olishi bilan asoslashgan.

Jumladan, Avstraliya poytaxtida quyosh energetikasi katta ulushni tashkil qilib, ko‘p miqdorda shamol elektr stansiyalari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, Kanberrada ifloslanish bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan biri qayd qilingan.

Reytingning 2-o‘rnini Ispaniya poytaxti – Madrid egallagan. Ekspertlar ushbu shaharning energetika va transport sohasida yuqori ko‘rsatkichlarga egaligini e'tirof etishgan. 3-o‘rinni Avstraliyaning yana bir shahri – Brisben egallagan. Ro‘yxatning yetakchi o‘ntaligiga, shuningdek, Dubay, Kopengagen, Frankfurt, Hamburg, Praga, Abu-Dabi va Tsyurix kiritilgan.

Yanvar boshida dunyoning havosi eng ifloslangan shaharlari reytingi e'lon qilingandi. Antireytingning 1-o‘rnini Bishkek egallagan.

Top