21:21 / 18.05.2021
6706
Pentagon Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi bo‘yicha hisobot berdi

14 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi operatsiyani yakunlashga qaror qilgani haqida aytdi. Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan 11 sentyabrgacha olib chiqib ketilishi kutilmoqda.

Foto: flickr.com/The US Army

Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish jarayoni 13–20 foizga yakunlandi. Bu haqda AQSh markaziy qo‘mondonligi (SeNTKOM) ma'lum qildi.

«Prezidentning qo‘shinlarni olib chiqib ketish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng Pentagon 115ta C-17 harbiy-transport samolyotida yuklarni olib chiqdi, 5 ming birlikdan ortiq qurilma yo‘q qilish uchun mudofaa vazirligi agentligiga berildi. SeNTKOM qo‘shinlarni olib chiqib ketish jarayoni yakunlanishini 13–20 foiz deb baholaydi», deyiladi qo‘mondonlik xabarida.

14 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi operatsiyani yakunlashga qaror qilgani haqida aytdi. Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan 11 sentyabrgacha olib chiqib ketilishi kutilmoqda.

2010–2013 yillarda Afg‘onistonda 150 mingdan ortiq G‘arb harbiy kuchlari joylashgandi. AQSh va NATOning asosiy jangovar qismlari 2014 yilda mamlakatdan olib chiqib ketilgan.

Top